20:33 / 19.09.2015
11632

Nilufar Usmonova nogiron yigit tomonidan yozilgan she'rni qo‘shiqqa aylantirdi

O‘zbekistonlik taniqli qo‘shiqchi Nilufar Usmonova nogiron yigitning orzusini amalga oshirdi.

Uning Shohruh Yassaviy taxallusli art-direktori bu voqea haqida quyidagicha hikoya qiladi.

"Nilufar o‘z qo‘shiqlari bilan muxlislari qalbidan o‘rin olgan xonanda. Svyatoslav uning eng ashaddiy muxlislaridan biri hisoblanadi.

Jismoniy imkoniyati cheklangan Svyatoslav Dolenkoning yoshi 31da. U bolaligidan mutolaaga, musiqa eshitishga va she'rlar yozishga qiziqadi. U o‘z she'rlarini millionlab kishilar bilishini va tinglashini istar edi. Shu maqsadda u Rayhon, Shahzoda, Lola va Nilufar Usmonova kabi xonandalar uchun rus tilida she'rlar yozgan.
Kunlardan bir kuni yaxshi kishilarning yordami bilan u men bilan bog‘landi va menga o‘z ishlarini ko‘rsatdi", deydi Nilufar Usmonovaning vakili.

Ushbu tanishuvdan keyin ko‘p o‘tmasdan Svyatoslav o‘zining azaliy orzusiga yetishgan.
Nilufar Usmonova bu yigitni ovoz studiyasiga taklif etgan va uning qalamiga mansub "Poteryal" nomli she'rni o‘zining avvalgi ijod namunalaridan biri bo‘lmish "Unutgin" qo‘shiq musiqasi orqali kuylagan.

Videoni bu yerda tomosha qilishingiz mumkin

Bugun internetga Nilufar Usmonova hamda Svyatoslav Dolenko hamkorligidagi ijod namunasi hisoblanuvchi "Poteryal" nomli qo‘shiq joylashtirildi.

Top