18:53 / 19.09.2015
9828

O‘zbekistonda birinchi marta allergiyaga qarshi dori vositasi yaratildi

O‘zbekistonda birinchi marta allergiyaga qarshi “Allergodaf” dori vositasi yaratildi. Dori mahalliy xom ashyo – ittikanak ekstrakti flavonoid fraksiyasidan ajratib olindi.

Bu haqda Immunologiya instituti va O‘zbekiston Fanlar akademiyasi tomonidan tashkil etilgan “Allergologiya, immunologiya va irsiy texnologiyalarning zamonaviy muammolari” xalqaro ilmiy-amaliy anjumani davomida ma'lum qilindi. Anjumanda O‘zbekiston, Rossiya, Germaniya, Qozog‘iston va Yaponiyadan 400 dan ko‘proq mutaxassis ishtirok etmoqda.

Top