19:22 / 19.09.2015
3764

Rossiyalik xonanda Dima Bilanning uyidan ichida 10,5 mln rubl bo‘lgan seyf o‘g‘irlab ketildi

Rossiyalik xonanda Dima Bilanning uyidan ichida 10,5 mln rubl bo‘lgan metall seyf o‘g‘irlab ketildi. Bu haqda huquq-tartibot muassasalaridagi manbalarga iqtibos keltirgan holda “Interfaks” axborot agentligi ma'lum qildi.

Moskva politsiyasi matbuot xizmati rahbari Andrey Galiakberov ushbu ish bo‘yicha qo‘shimcha ekspertizalar belgilanganini ma'lum qildi.

Avval ma'lum qilinganidek, Rasskazovka qishlog‘idagi uy tunalgani bo‘yicha qo‘zg‘atilgan jinoiy ish bo‘yicha barmoq izlari daktiloskopik ekspertizasi belgilandi. Shu bilan bir qatorda tergovchilar qo‘shimcha ekspertizalar o‘tkazishlari belgilandi”, deb ta'kidlamoqda Galiakberov.

Bundan tashqari, politsiya qotillik quroli bo‘lishi mumkin bo‘lgan lomni tekshirmoqda.

Top