10:21 / 20.09.2015
2543

Britaniyalik yozuvchi Jyeki Kollinz vafot etdi

19 sentabrda britaniyalik yozuvchi va aktrisa Joan Kollinzning singlisi, bir necha bestsellerlar muallifi, yozuvchi Jyeki Kollinz 78 yoshida ko‘krak saratonidan olamdan ko‘z yumdi. Bu haqda yozuvchi oilasiga iqtibos keltirgan holda Reuters axborot agentligi ma'lum qildi.

Jaklin Jill Kollinz 1937 yilda Londonda raqs o‘qituvchisi va teatr agentining oilasida dunyoga kelgan. Bo‘lg‘usi yozuvchini 15 yoshida maktabdan chetlatishgan va u shundan keyin opasi Joan bilan Gollivudni zabt etish uchun yo‘l olgan.

1950-yillarda Kollinz ITC Entertainment telekanalining bir nechta mini-seriallarida rollar ijro etib yurgan, biroq keyin adabiyotga qiziqib qolgan.

1968 yilda yozuvchining “Dunyo turmush qurgan erkaklarga to‘la” (The World Is Full of Married Men) nomli asari chop etildi.

Yozuvchining “Ayg‘ir ot” (The Stud) nomli ikkinchi asari esa bestsellerga aylandi.

1974 yilda Kollinzning “Oshiq-ma'shuq qotillar” (The Love Killers) nomli ilk kriminal romani chop etildi. 1980-yillarda Kollinz oilasi bilan birga Los-Anjyelesga ko‘chib o‘tdi.

Adibning “Gollivudlik rafiqalar” (1983) asari The New York Times nashrining bestsellerlar ro‘yxatidan birinchi o‘rinni egallab, 15 mln nusxada sotildi va uning eng mashhur asariga aylandi.

Kollinz uch marta turmushga chiqqan. Turli turmushlardan uch nafar qiz farzandi bor.

Top