19:01 / 20.09.2015
9555

Chexiya prezidenti rezidensiyasi ustiga ulkan qizil ichki kiyim ilib ketildi

Bezorilar Praga gradi - chex prezidentlari rezidensiyasidagi flagshtokka ulkan qizil ichki kiyimni ilib ketishdi. Bu haqda Hospodarske Noviny (HN) xabar bermoqda.

Politsiya mazkur aksiya sababli faoliyati tan olinmagan «Ztoxoven» (Ztohoven) chex san'ati birlashmasining a'zosi bo‘lgan uch yoshni qo‘lga oldi. Aktsiya tashkilotchilari shu yo‘l bilan chex prezidentining “hech narsadan uyalmaydigan” inson ekanligiga noroziligini ifodalamoqchi bo‘lishdi. Ular davlat ramzini haqorat qilgani uchun jazoga tortiladi.

Ichki kiyim 19 sentabr kuni rezidensiya uzra “hilpiragan”. Shu munosabat bilan Praga gradi ma'muriyati ichki tergovlarni boshlagan. Bezorilarning qaysi yo‘l bilan prezident saroyiga kirib olgani hozircha noma'lum. Ayrim taxminlarga ko‘ra, bezorilar binoga quvur tozalovchilar qiyofasida kirib olishgan.

Top