11:26 / 20.09.2015
3591

Grem Poll: Diyego Kosta "Arsenal"ga qarshi o‘yindagi qiliqlari uchun diskvalifikatsiya qilinishi kerak

Angliyalik faxriy futbol hakami Grem Poll "Chelsi" futbolchisi Diyego Kostaning "Arsenal" bilan o‘yinda Gabriel Paulista va Loran Koselni bilan janjallashgani borasida fikr bildirdi.

"Futbol uyushmasi Diyego Kostaning "Arsenal" himoyachisi Loran Koselnini tepishi va uning yonini olgan Gabriel Paulistaga provakatsiya qilib, uning maydondan chetlatilishiga sabab bo‘lgan vaziyatni muhokama qilishi kerak. O‘yin hakami Din ham Kostaning ayyorligiga ishondi va Paulistani nohaq ravishda maydondan chetlatdi, shundan so‘ng kamchilik bo‘lib o‘ynagan "Arsenal" mag‘lub bo‘ldi.

Din Kostaning Koselnini tepgan holatini ham ko‘zdan qochirdi. U shunchaki bu vaziyatni ko‘rmay qolgan bo‘lishi mumkin", deydi Poll.

Top