06:24 / 20.09.2015
2699

The Beatles guruhining qo‘shiqlar yozish uchun birinchi shartnomasi 93,7 ming dollarga sotildi

Afsonaviy The Beatles britan guruhi a'zolarining ovoz yozish studiyasi bilan tuzgan birinchi shartnomasi 19 sentabrda Nyu-Yorkdagi auksionda 93,7 ming dollarga sotildi. Bu haqda savdolarni uyushtirgan Heritage auksion uyining vakillari ma'lum qilishdi.

Olti sahifadan iborat va nemis tilida tuzilgan ushbu shartnoma guruh va Polydor ovoz yozish studiyasi vakili germaniyalik prodyuser Bert Kempfert bilan tuzilgan. Shartnoma savdolarda internet orqali qatnashgan noma'lum xaridorga o‘zining dastlabki e'lon qilingan narxi – 150 ming dollardan kamroq narxga sotildi.

Top