19:13 / 20.09.2015
3918

Xitoyning ZTE kompaniyasi O‘zbekiston bozoridagi ishtirokini kengaytirmoqda

Xitoyning ZTE telekommunikatsion giganti o‘zining O‘zbekiston bozoridagi ishtirokini kengaytirmoqchi va faoliyatini jadallashtirishni davom ettirmoqchi, deb aytdi Sputnik nashriga kompaniyaning O‘zbekistondagi idorasi vakili.

Bugungi kunda ZTE O‘zbekiston uyali aloqa operatorlariga telekommunikatsion uskunalar yetkazib beradi, mamlakatning bir qator hududlarida mobil telefonlar, DSLAM-uskunalar va ADSL-modemlar, IP- va videotelefonlar ishlab chiqaradi.

“Biz O‘zbekiston uyali aloqa operatorlarining barchasi bilan ishlaymiz. Ulardan eng yirigi bo‘lgan Ucell bilan oxirgi 7 yil ichida 400 mln dollardan ko‘proq qiymatga ega shartnomalar imzolangan. Yaqinda yangi uyali aloqa operatori UMS’ga uskunalar yetkazib berishni boshladik, “O‘zbektelekom”dagi ishtirokimizni kengaytirmoqdamiz”, deb aytdi kompaniya vakili.

Kompaniya Ucell kompaniyasiga quyosh energiyasini olish uchun 200 ta uskunalar to‘plamini yetkazib berdi. Bu uskunalar uzoqda joylashgan va yetib borish qiyin bo‘lgan joylardagi bazaviy stansiyalarni elektr energiya bilan ta'minlash uchun zarur.

Hozirda shunday uskunalar Beeline kompaniyasiga yetkazib berilmoqda.

“Ishlab chiqarilayotgan smartfonlar qatorini, ayniqsa high end segmentida kengaytirish bo‘yicha katta rejalar bor. Mutaxassislar O‘zbekiston uchun eng maqbul variantlarni ko‘rib chiqmoqdalar, texnologik baza esa tayyor”, deb aytmoqda manba.

ZTE kompaniyasi O‘zbekistonda 2004 yildan beri faoliyat yuritib keladi. Xitoy kompaniyasi 2007 yildan beri O‘zbekiston byudjyetiga 13 mlrd so‘mdan ziyodroq soliq to‘lagan.

Top