11:40 / 21.09.2015
1975

"Napoli"ga qarshi o‘yinda "Latsio" 1994 yildan buyon ilk bor 5ta gol farqi bilan yutqazdi

«Napoli» Italiya A seriyasining 4-turida «Latsio»ni yirik hisobda mag‘lubiyatga uchratdi (5:0).

Shu tariqa, rimliklar Italiya A seriyasida 1994 yilning 17 aprelidan buyon ilk bor 5 to‘p farqi bilan mag‘lub bo‘lishdi. O‘shanda rimliklar «Yuventus»ga Turinda 1:6 hisobida yutqazib qo‘yishgandi.

Shuningdek, bu natija «Napoli» va «Latsio» o‘rtasidagi o‘yinlardagi eng yirik hisob bo‘ldi.

«Napoli» Italiya A seriyasida 2007 yildan buyon 5:0 hisobida yutmayotgan edi. O‘shanda shu hisob bilan «Udineze» taslim qilingandi.

Top