16:35 / 21.09.2015
3632

O‘zbekiston Kubogi final uchrashuvi o‘tkazilish sanasi o‘zgartirildi

O‘zbekiston milliy hamda olimpiya terma jamoalarining tayyorgarligini muvaffaqiyatli tashkil etish maqsadida O‘zbekiston Kubogi final uchrashuvi sanasi o‘zgartirildi. Bu haqda PFL sayti xabar bergan.

Unga ko‘ra final uchrashuvi 17 oktabr kuni o‘tkaziladi.

Bundan avval, O‘zbekiston kubogi uchun final o‘yini 13 oktabr kuni Jizzaxda o‘tkazilish haqida xabar berilgandi.

PFL xabariga ko‘ra, final uchrashuvi Jizzax shahrida bo‘lib o‘tishi ham tasdiqlangan.

Eslatib o‘tamiz, Kubok finaliga «Bunyodkor» hamda «Nasaf» klublari chiqqan. Bu jamoalar o‘rtasidagi uchrashuv 17 oktabr kuni soat 17:00da boshlanadi.

Shuningdek, Oliy Liga 25-turi doirasidagi «Nasaf» – «Neftchi» hamda «Dinamo» – «Bunyodkor» uchrashuvlari 16 oktabrdan 12 oktabrga ko‘chirilgan.

Top