17:59 / 21.09.2015
5356

O‘zbekistonning bir qator viloyatlarida poraxo‘r o‘qituvchilar qo‘lga olindi

Bosh prokuratura huzuridagi SVOJJDLQK departamentining hududiy bo‘linmalar o‘tkazgan tadbirlar davomida respublikaning bir qancha hududlarida poraxo‘r o‘qituvchilar jinoyat ustida qo‘lga olindi. Bu haqda “Huquq” nashri xabar bermoqda.

Jumladan, Buxoro viloyatidagi kollejlardan birida direktor lavozimida ishlab kelayotgan Eshtemir Boytemirov imtihondan o‘ta olmagan o‘quvchidan 200 dollar olayotganida qo‘lga tushdi.

Sherobodlik kollej o‘qituvchisi Ziyod Bahriyev esa dargohga abituriyentlarni qabul qilish bahonasi bilan turli odamlardan jami 5 ming dollar pul olgani aniqlandi.
Xorazm viloyat o‘rta maxsus kasb-hunar ta'limi hududiy boshqarmasi boshlig‘i S. Atajanov Shovot tumanidagi yengil sanoat kollejida o‘qiydagan J. Baymanovadan Urganch tibbiyot kollejiga o‘tkazib qo‘yish uchun 2 200 dollar talab qilgan. U ham ko‘rsatilgan pullarni olayotganida jinoyat ustida qo‘lga olindi.

Tilga olingan huquqbuzarlarga nisbatan tegishli choralar ko‘rildi.

Top