08:51 / 21.09.2015
3370

Qatar samolyoti Mayamidan uchishda yorituvchi ustunlar bilan to‘qnashdi

Qatar Airways kompaniyasiga tegishli samolyot Mayami aeroportidan uchib chiqishda uchish-qo‘nish yo‘lining yorituvchi ustunlariga tegib ketdi. Bu haqda Al Arabiya kanali xabar berdi.

AQSh federal aviatsion ma'muriyatining ma'lumotlariga ko‘ra, Boeing 777ning pastki qismiga zarar yetgani Doxa aeroportida aniqlangan.
Ta'kidlanishicha, bunday to‘qnashuvga saba uchuvchi havoga ko‘tarilish uchun 4 km o‘rniga 2.7 km qoldirgani bo‘lgan. Elektron sistema nega buni qayd etmagani surishtirilmoqda.

Top