06:37 / 21.09.2015
2893

Rim papasi Fidel Kastro bilan uchrashdi

Rim papasi Frantsisk Kubaning sobiq yetakchisi Fidel Kastro bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda Vatikan matbuot kotibiga iqtibos keltirgan holda Reuters axborot agentligi.

Pontifikning 89 yoshli inqilobchi bilan uchrashuvi papaning Gavanaga tashrifi davomida yuz berdi. Uchrashuv tafsilotlari keltirilmayapti.

Avvalroq Rim papasi Kubaga tashrif buyurgani ma'lum qilingandi. Papa Kubada 22 sentabrgacha bo‘ladi. Frantsiskgacha Ozodlik oroliga Rim papalaridan 1998 yilda Ioann Pavel II va 2012 yilda Benedikt XVI tashrif buyurgan.

Top