21:21 / 21.09.2015
3109

Rossiyalik shoumen Ivan Urgant oilasida ikkinchi qiz farzand tug‘ildi

Rossiyaning Birinchi kanalida efirga uzatiladigan “Vecherniy Urgant” ko‘rsatuvining navbatdagi soni uning boshlovchisi Ivan Urgant qiz farzand ko‘rgani munosabati bilan tantanali ravishda o‘tishi kutilmoqda.

Ma'lum bo‘lishicha, bugun, 21 sentabr ertalab soat 10da 37 yoshli Urgantning rafiqasi Natalya Kiknadze Moskvadagi klinikalardan birida qiz farzand dunyoga keltirdi. Qizchaga Urgantning yaqinda hayotdan ko‘z yumgan onasi sharafiga Valeriya deb ism berishdi.

Urgant o‘z rafiqasini maktab paytlaridan beri taniydi. Ular Sankt-Peterburgdagi Rus muzeyi qoshidagi gimnaziyada bir sinfda o‘qishgan. Juftlik Natalyaning tadbirkor Vaxtang Kutalia bilan avvalgi turmushidan 15 yoshli qizi Erika va o‘zlarining yana bir qiz farzandlari 7 yoshli Ninani tarbiyalab keladi.

Top