10:50 / 21.09.2015
6653

Samarqandning ayrim tungi klublarida voyaga yetmaganlar ishlayotgani ma'lum bo‘ldi

Samarqand shahrida joylashgan tungi klublar bo‘ylab o‘tkazilgan navbatdagi reydlar ko‘plab qonunbuzarlik holatlarini yuzaga chiqardi. Bu haqda viloyat prokurori Bahodir Dehqonov ma'lumot berdi.

Aniqlanishicha, “Pattayya”, “Djavanni”, “Diamond”, “Shaxristan”, “Niagara”, “Barxan” singari klublarda to‘lov terminallari tugul, umuman biror turdagi xizmat ko‘rsatishga ruxsat beradigan hujjatlar yo‘q ekan.
Shuningdek, umumiy miqdori 2.5 mln so‘m bo‘lgan noqonuniy aylanmadagi mablag‘ olib qo‘yildi. 30 mln so‘mlik spirtli ichimliklar iste'molga yaroqsiz deb topildi.

Prokurorning ta'kidlashicha, ko‘rilgan ko‘plab choralarga qaramay, ayrim klublarda voyaga yetmaganlar nafaqat vaqt o‘tkazmoqda, balki ayrimlari ish faoliyatini ham yuritmoqda.
Yuqoridagi faktlar yuzasidan tilga olingan klublar egalari jinoiy javobgarlikka tortilgan.

Top