00:25 / 21.09.2015
2762

Warner Bros. va China Media Capital birgalikda kinostudiya yaratishga kelishib oldi

AQShning Warner Bros. kinostudiyasi xitoylik hamkorlar bilan Xitoy bozoriga mo‘ljallangan filmlarni suratga oluvchi qo‘shma studiyani yaratishga kelishib olishdi, deb xabar bermoqda The Wall Street Journal nashri.

Qayd etilishicha, yangi kinostudiya Flagship Entertainment Group deb nomlandi va uning qarorgohi Gonkongda joylashadi.

Kinostudiyaning 51 foiz aksiyasi China Media Capital boshchiligidagi kritlik investorlarga, qolgan 49 foizi esa  Warner Bros.’ga tegishli bo‘ladi.

Ekspertlarning fikricha, yaqin orada Xitoy mamlakatdagi iqtisodiy o‘sishning sekinlashishiga qaramasdan, eng yirik kino bozoriga aylanadi. 2014 yilda Xitoyda filmlar namoyishidan olingan tushum 34 foizga, ya'ni 4,8 mlrdgacha oshgan, AQSh va Kanadada esa 5 foizga kamayib, 10,4 mlrd dollarni tashkil qilgan.

Top