14:54 / 21.09.2015
19852

Zoir Mirzayev: eng dabdabali to‘ylarni viloyatning birinchi shaxslari o‘tkazmoqda

Samarqand viloyati hokimi Zoir Mirzayevning e'tirof etishicha, eng dabdabali to‘ylarni viloyatning birinchi shaxslari o‘tkazmoqda.

Uning so‘zlariga qaraganda, ko‘rilayotgan choralarga qaramay, to‘y marosimlaridagi isrofgarchilikni kamaytirish borasidagi ishlar o‘z samarasini bermayapti.
“Eng achinarli holat shuki, dabdabali to‘ylar va oilaviy tantanalar viloyatimizning rahbarlari va birinchi shaxslari tomonidan o‘tkazilmoqda.

Misol tariqasida Samarqand OTMlaridan birining professori o‘tkazgan to‘yni aytishimiz mumkin. Nikoh oqshomida Mir Said Baraka mahallasi ahli yarim tungacha shovqindan uxlay olmadi”, - uning so‘zlarini keltiradi “Samarkandskiy vestnik” gazetasi.

Shuningdek, Mirzayev ayrim to‘yxonalarda belgilanganidan ko‘proq odamlar to‘planayotganini ta'kidlab o‘tdi: “Mehmonlar soni 300 kishidan oshmasligi tavsiya etilgani bilan, “Ko‘ksaroy”, “Nodiriy”, “Shodimurod” va boshqa restoranlar 500 va hatto ming kishilik dasturxonlar yozmoqda”.

Top