08:49 / 22.09.2015
2402

3D-printerlar bozori 52 foizga o‘sdi

3D-printerlar bozori yuqori o‘sish sur'atlarini saqlab qolmoqda va bu o‘sish yaqin yillarda saqlanib qoladi. Bundan Canalys tahlilchilarining ma'lumotlari darak bermoqda.

Tahlilchilarning hisob-kitoblariga ko‘ra, 2015 yilning birinchi yarmida 3D-printerlar va hajmli bosma uchun materiallar savdosi 1,8 mlrd dollarni tashkil qildi va o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 21 foizga oshdi. Bu orada printerlar yetkazib berish hajmi 52 foizga oshib, 88 ming donadan oshib ketdi.

Birinchi yarim yillik natijalariga ko‘ra, 3D-printer savdolari bo‘yicha Tayvanning XYZprinting kompaniyasi yetakchilik qildi. Kompaniya ulushiga bozorning 22 foizi to‘g‘ri keldi. Tahlilchilar bu yetakchilikni XYZprinting arzon qurilmalar ishlab chiqarishi bilan bog‘lashmoqda.

Canalys tahlilchisi Jo Kemptonning aytishicha, hozirda 3D-printerlar bozorida yirik nomdor ishlab chiqaruvchilarning qurilmalari o‘rniga ulardan qolishmaydigan, biroq arzonroq narxlarda taklif qilinuvchi qurilmalarga afzallik berilmoqda. Bundan tashqari, bunday kompaniyalarning 3D-printerlari iste'molchilik va ta'lim segmentlarida omamviylashib bormoqda.
Canalys uch fazoli bosma qurilmalari savdolari o‘sishi sur'atlari saqlanib qolishi va 2019 yilgacha 20,2 mlrd dollargacha yetishini prognoz qilmoqda.

Top