10:19 / 22.09.2015
2756

Aleks Fergyuson: Marsyal uchun ko‘p pul to‘langani endi bema'nilik bo‘lib ko‘rinmayapti

"MYu"ning sobiq bosh murabbiyi Aleks Fergyuson "Monako"dan sotib olingan Antoni Marsyal uchun to‘langan 80 million yevro pul haqida fikrlarini bildirdi.

Eslatib o‘tamiz, 19 yoshli hujumchi "qizil iblislar" safidagi ilk 2 o‘yinida 3ta gol urishga ulgurdi.

"Buncha mablag‘ sarflash bema'nilik bo‘lib ko‘rinadimi? Endi yo‘q.

O‘zingiz tasavvur qiling, men endi "MYu" bosh murabbiyi etib tayinlanganimda biz faqat chiptalardan tushadigan pulga qarab qolgan edik.

Biz o‘shanday vaziyatda ham Viva Anderson va Brayan Makleyrni 1 million funt evaziga sotib olganmiz. Mark Xyuz uchun esa 1,8 million funt to‘laganmiz", - deydi Fergyuson.

Top