18:20 / 22.09.2015
10763

«Barselona» futbol klubi Ispaniya chempionatidagi ishtirokini to‘xtatishi mumkin

Ispaniya Professional futbol ligasi prezidenti Xaver Tebasning qayd qilishicha, Kataloniyaning «Barselona» klubi Ispaniya chempionati o‘yinlaridan chiqib ketishi mumkin. Bu haqda El Mundo Deportivo nashri xabar tarqatdi.

Manbada yozilishicha, bu holat, Kataloniya avtonom hududi Ispaniyadan alohida mustaqil davlat sifatida ajralib chiqsagina sodir bo‘lishi mumkin.

Shuningdek, mazkur muammo «Espanol»ga ham xavf solishi mumkin. Ikkala klub ham mamlakat chempionatida Kataloniya sharafini himoya qilib keladi.

Ma'lumot uchun, hozirgi vaqtda o‘tkazilgan to‘rtta tur uchrashuvlariga ko‘ra, Ispaniya chempionatida «Barselona» birinchi, «Espanol» esa sakkizinchi o‘rinni egallab turibdi.

Top