11:52 / 22.09.2015
3221

Buxorolik o‘spirinlar qo‘shni ayolning uyidan 20 mln so‘mlik taqinchoqlarni olib chiqib ketishdi

Buxoro viloyatining Shofirkon tumanida sodir bo‘lgan o‘g‘rilik mahalliy militsiyachilar tomonidan tezkor fosh qilindi, deb xabar beradi IIV matbuot xizmati.

Aytilishicha, 1995 va 1997 yillarda tug‘ilgan Behruz va Behzod ismli yigitlar bir kuni tunda qo‘shni ayol Dilraboning uyiga kirib, u yerdan 18 turdagi 20 mln so‘mlik zargarlik buyumlarini olib chiqib ketishgan.

Ertalab o‘g‘rilikni aniqlagan ayol IIBga murojaat qilgan. O‘tkazilgan tezkor tadbir davomida jinoyatchilar qo‘lga olingan. Ayni paytda tergov jarayoni davom etmoqda.

Top