19:52 / 22.09.2015
11352

Erondagilar Isroilni yaqin 25 yil ichida yo‘q qilishmoqchi

Eron armiyasi boshliqlaridan biri Ataolla Salehi o‘z askarlarining Isroilni yo‘q qilib yuborish istagida ekani haqida aytdi. Ushbu yuqori martabali harbiy amaldor Erondagi Tasnim axborot agentligiga bergan intervyusida shu haqida gapirgan.

"Biz Isroilni aniq yo‘q qilamiz. Biz ularning o‘zimizga hujum qilishini kutib o‘tirmasdan, ularga yaqin 25 yil ichida o‘zimiz birinchi bo‘lib hujum qilamiz va ularni yakson qilamiz", deydi general-mayor Salehi.

Uning aytishicha, Tel-Avivning qulashi AQSh uchun ham ijobiy hol bo‘ladi va bu mamlakat isroilliklarning ta'siridan qutiladi.

2015 yilning 9 sentabr kuni Eronning diniy rahnamosi oyatulloh Ali Xamenei yahudiylar davlati keyingi chorak asrda yo‘q qilinishini bashorat qilgandi.

Ma'lumot uchun, Eron va Isroil o‘rtasidagi diplomatik munosabatlar 1979 yilda Tehronda inqilob amalga oshirilgach, uzilgandi. Eron o‘shandan keyin Isroilni davlat sifatida tan olmasligini bildirgan.

Biroz oldinroq, Yevropa yetakchilari Eronni Isroilni davlat sifatida tan olishga chaqirgandi.

Top