14:58 / 22.09.2015
2223

"Formula-1" poygalari vaqtida trekka chopib tushgan tomoshabin qamalishi mumkin

“Formula-1” poygalari bo‘yicha Singapur Gran-prisi vaqtida trekka yugurib chiqqan shaxsga sud tomonidan ayblov e'lon qilindi.

Buyuk Britaniya fuqarosi bo‘lgan ushbu qoidabuzar "atrofdagilarning hayotini xavf ostida qoldirganlikda" ayblanmoqda.
Unga 6 oygacha qamoq jazosi va 1,8 ming dollar miqdoridagi jarima belgilanishi kutilmoqda.

Ayblovchi tomonning vakili Marshal Lim ushbu 27 yoshli yigitga nisbatan navbatdagi ayblov qo‘yilishi mumkinligini istisno qilmagan.

Sud eshittiruvi 6 oktabr kunida bo‘lib o‘tadi.

Ma'lum qilinishicha, ushbu qoidabuzar 20 sentabr kuni Marina-Bey trassasida “Formula-1” Qirollik poygalari doirasidagi Singapur Gran-prisining yakunlovchi bosqichi o‘tayotgan vaqtda poygachilarni yaqindan suratga olish maqsadida trekka yugurib tushgan. Uni qo‘riqchilar vaqtida to‘xtatib qolishgan va politsiyaga topshirishgan.

Top