09:48 / 22.09.2015
2484

Ixtilofga qaramay, Yamandan 3 ming ziyoratchi Hajga yo‘l oldi

Yaman vaqflar va diniy ishlar vaziri Fuad bin Umar bin Ali al-Shayx Abu Bakrning bayonot berishicha, Makkada yamanlik ziyoratchilar soni joriy mavsumda 3 ming kishiga yetgan.

Saudiya Arabistoni matbuotida ta'kidlanishicha, ziyoratchilar “xusiylarning to‘sqinligiga qaramay”, Makkaga kelishgan. Vazirning o‘zi ham ularning xavfsizligini ta'minlashda Saudiya Arabistonining o‘rni muhim bo‘lganini e'tirof etdi.

Aytilishicha, isyonchi husiychilar rahbariyati Saudiya Arabistonidan ziyoratchilarni o‘z chegarasidan o‘tkazmaslikni talab qilgan, lekin ushbu mamlakat rahbariyati bunday tahdidlarni e'tiborga olmagan.
Ziyoratchilarning 2.5 ming kishidan iborat birinchi guruhi qirollikka ilgariroq kirib borgan edi. Shu yakshanba kuni yana 500 kishi o‘z manziliga yetib oldi.

Bundan tashqari, joriy mavsumda yamanlik hojilar miqdori 6 ming kishiga yetishi kutilmoqda.

Top