17:00 / 22.09.2015
3778

iOS 9ni buza olganlarga 1 mln taklif qilindi

Zerodium kompaniyasi o‘z saytida iOS 9 operatsion sistemasini buzgan kishi yoki jamoaga 1 mln dollar mukofot berilishi to‘g‘risida xabar qildi.

Kompaniya vakillarining so‘zlariga ko‘ra, barcha operatsion sistemalar himoya tizimida zaiflik bo‘ladi. Ammo Apple xavfsizlik rejasida doimiy ravishda takomillashish mavjudligi bois mobil OS ancha-muncha himoyalangan. Ularning fikricha, 1 mln dollar iOS 9ni buzganlarga to‘lash uchun yaxshigina mukofot.

Avvalroq xakerlar iPhone uchun mo‘ljallangan virus yordamida Apple Id`ning 225 ming akkaunti ma'lumotlarini o‘g‘irlagan edi.

Top