01:07 / 22.09.2015
5234

KUN.UZ dayjesti: 21 sentabrda keng muhokamaga sabab bo‘lgan xabarlar

Hurmatli o‘quvchilar, e'tiboringizga 21 sentabr kuni keng muhokamaga sabab bo‘lgan xabarlarni takroran havola etamiz.

“Jinsiy jihod” qurbonlari O‘zbekistonga qaytmoqda>>

Suriya va Iroq hududida faoliyat yuritayotgan turli radikal guruhlar, birinchi navbatda IShID saflariga “jinsiy jihod”ni amalga oshirish maqsadida qo‘shilgan o‘zbekistonlik ayollar aldanganlarini tushunib, o‘z yurtlariga qaytmoqda

Zoir Mirzayev: eng dabdabali to‘ylarni viloyatning birinchi shaxslari o‘tkazmoqda>>

Samarqand viloyati hokimi Zoir Mirzayevning e'tirof etishicha, eng dabdabali to‘ylarni viloyatning birinchi shaxslari o‘tkazmoqda

Samarqandning ayrim tungi klublarida voyaga yetmaganlar ishlayotgani ma'lum bo‘ldi>>

Samarqand shahrida joylashgan tungi klublar bo‘ylab o‘tkazilgan navbatdagi reydlar ko‘plab qonunbuzarlik holatlarini yuzaga chiqardi

O‘zbekistonning bir qator viloyatlarida poraxo‘r o‘qituvchilar qo‘lga olindi>>

Rog‘un Tojikistonning katta muammosiga aylanishi mumkin>>

Tahlilchi Murod Abrorov internet saytlariga joylashtirilgan maqolasida Rog‘un GESi loyihasi Tojikiston uchun kelajakda katta muammoga aylanishi mumkinligini ta'kidlab o‘tdi

Rim papasi Fidel Kastro bilan uchrashdi>>

Rim papasi Frantsisk Kubaning sobiq yetakchisi Fidel Kastro bilan uchrashdi

Poroshenko Ukrainada harbiy xizmatga chaqiruv yoshining ko‘tarilishini ma'lum qildi>>

Qozog‘istonda pedofillar umrbodga qamaladigan bo‘ldi>>

Qozog‘istonda pedofillarga nisbatan jinoiy javobgarlik kuchaytirildi. Mamlakat tarixida birinchi marta yosh bolalarni zo‘rlaganlarga nisbatan umrbod qamoq jazosi belgilandi

DM: Rossiyaning Belarusdagi aviabazasi Boltiqbo‘yini “asabiylashtiradi”>>

Belarusda Rossiya harbiy aviabazasining yaratilishi Polsha va Boltiqbo‘yi davlatlarining “asabiga tegadi

Eron OAVi: BAA shahzodasi Yamandagi harbiy harakatlar paytida halok bo‘lgan>>

OAVda paydo bo‘lgan xabarlarga ko‘ra, 19 sentabr kuni olamdan o‘tgan Dubay amirining katta o‘g‘li, shahzoda shayx Rashid ibn Muhammad Al-Maqtumning vafotiga avval aytilganidek yurak xuruji sabab bo‘lmagan. Eronning "Fars" axborot agentligi xabar berishicha, u Yamandagi harbiy harakatlar hududida halok bo‘lgan

WSJ: Putin va Obama “aql to‘plash” so‘zlarini har xil tushunishadi>>

Rossiya va AQSh prezidentlari, “aftidan, “aql to‘plash” so‘zlarini har xil tushunishadi”

AQSh: Rossiya Suriya hududini uchuvchisiz parvoz qurilmalari yordamida kuzatmoqda>>

AQSh amaldorlari Rossiya Suriya hududi ustidan nazorat parvozlarini amalga oshirishni boshlaganini aytdi

Top