01:24 / 22.09.2015
5574

KUN.UZ dayjesti: 21 sentabrda ro‘y bergan eng qiziqarli xabarlar

Hurmatli o‘quvchilar, e'tiboringizga 21 sentabr kuni ro‘y bergan eng muxim va qiziqarli voqealar haqidagi xabarlarni takroran havola etamiz.

Obid Yunusov noqobil farzand fojiasi haqida>>

Bugun, 21 sentabr kuni 81 yoshida olamdan o‘tgan O‘zbekiston xalq artisti Obid Yunusov ishtirok etgan, uning oxirgi ijrosi bo‘lib qolgan "Norizo" nomli videorolik o‘zbekistonlik internet foydalanuvchilari e'tiborini o‘ziga qaratdi

Ulug‘ ibodatning ulug‘ mo‘'jizalari: Haj safariga masofadan sayohat>>

“Labbaykallohumma! Labbaykallohumma!” (“Labbay, ey Allohim! Labbay, ey Allohim!”)

Ana shunday muborak kalomlarni aytib, haj amalini qilayotganlarga barcha mo‘min-musulmonlarning havasi keladi. Dillariga yaxshi niyat sizib kiradi, o‘sha muqaddas joylarga borib kelishni orzu qilishadi

Suriyada boshida raketa parchasi bo‘lgan qizaloq dunyoga keldi>>

Suriyada shifokorlar boshida raketa parchasi bo‘lgan go‘dak hayotini saqlab qolishdi. Onasi qornidayoq jarohat olgan qizaloqqa Amal – “Umid” ismi qo‘yildi

Tramp kelajakda AQShga musulmon odam prezident bo‘lishi mumkinligini istisno qilmadi>>

AQSh prezidentligi uchun Respublikachilar partiyasidan nomzod bo‘lgan Donald Tramp Oq uyda musulmon diniga mansub prezident bo‘lishi mumkinligi borasida o‘z fikrini bildirib o‘tdi

Ronaldu faoliyatini qayerda yakunlamoqchi ekani haqida aytdi>>

Madridning "Real" klubi yetakchisi Krishtianu Ronaldu o‘z faoliyatini qayerda yakunlash niyatida ekanini ma'lum qildi

Qochoqlar oroliga Aylan Kurdi nomi beriladi>>

Misrlik milliarder Nagib (Nagib Sawiris)ning aytishicha, u migrantlarga mos keluvchi 2 ta grek xususiy orolni topgan va ulardan biriga dengizda cho‘kib, halok bo‘lgan 3 yoshli suriyalik Aylan Kurdining nomini berishni maqsad qilgan,- deb yozadi AiF

Butun dunyoda Skype faoliyatida uzilishlar boshlandi>>

Skype uzilishlar bilan ishlamoqda. Bu haqda Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari ma'lum qilmoqda

App Store xavfsizlik tizimi tarixda birinchi marta xakerlar hujumiga dosh bera olmadi>>

Apple kompaniyasi App Store`ga xakerlar tomonidan yirik hujum uyushtirilganidan so‘ng unda paydo bo‘lgan zararli dasturlarni o‘chirish ishlari olib borilayotganini ma'lum qildi

Germaniyalik ikki ayol Kiprdagi aeroportda 13 oydan buyon yashab kelmoqda>>

Kiprning Lannaki shahri aeroportida so‘nggi 13 oydan buyon germaniyalik ona va bola yashab kelmoqda. in-cyprus portalining xabar berishicha, ayollar Kiprga 2014 yilning 12 avgustida Isroildan uchib kelishgan

AQSh fuqarosi 41 yil avval yozilgan jarimani to‘ladi>>

Amerikaning Linkoln (Nebraska shtati) shahri fuqarosi 1974 yilda avtomobilini belgilanmagan joyga to‘xtatgani uchun belgilangan jarimani 2015 yil sentabr oyiga kelibgina to‘ladi

Yaponiyada 80 yoshdan oshganlar soni 11 millionga yaqinlashmoqda>>

Yaponiyaning 80 yosh va undan oshgan fuqarolari soni 10 million nafardan oshdi, qariyb har to‘rtinchi yaponning yoshi esa 65dan o‘tgan


Top