22:25 / 22.09.2015
3160

Omskda turar-joy binosi qulab tushdi

Rossiyaning Omsk shahrining Lenin okrugida ikki qavatli turar-joy binosi qulab tushdi. Favqulodda vaziyatlar vazirligi hududiy boshqarmasining LifeNews telekanaliga ma'lum qilishicha, ikki qavatli imoratning qavatlar orasida shipi qulab tushgan. Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, bir ayol halok bo‘lgan.

Ushbu holat yuzasidan xabar favqulodda vaziyatlar boshqarmasi markazining navbatchilik smenasiga Moskva vaqti bilan soat 16:50 da kelib tushgan.

Uydan 40 ga yaqin odam evakuatsiya qilingan, biroq vayronalar ostida odamlar qolgan bo‘lishi mumkin.

Ayni paytda voqea joyida shifokorlar, qutqaruvchilar va politsiya ish olib bormoqda.

Top