09:37 / 22.09.2015
4492

O‘zbekistondagi 2 yog‘ ekstraksiyasi zavodining aksiyalari xorijiy kompaniyalar tomonidan sotib olindi

“Qo‘qon yog‘-moy” va “Kogon yog‘ ekstraksiya zavodi” aksiyadorlik jamiyatlari aksiyalarining salmoqli qismi Shotlandiyaning ikki kompaniyasi egaligiga o‘tdi. Bu haqda jamiyatlar tarqatgan xabarnomalarda aytildi.

Ilgariroq ma'lum qilinganidek, Newgen Trade LD kompaniyasi Kogondagi zavodning 27.85 foizini sotib olgan edi. Shundan so‘ng Ternesy Development LP ham Qo‘qon yog‘ zavodining 33.08 foiz aksiyalarini sotib olgani ma'lum bo‘ldi.

Qo‘qon zavodi, O‘zbekiston oziq-ovqat sanoati korxonalari uyushmasining ma'lumotlariga qaraganda, mamlakatdagi beshta eng yirik yog‘ zavodlaridan biri bo‘lib, yiliga 189 ming tonna paxta chigitini qayta ishlash layoqatiga ega. Buxoroda joylashgan zavodning bu boradagi ko‘rsatkichlari esa 126 ming tonnani tashkil qiladi.

Top