10:10 / 22.09.2015
1889

Per-Emerik Obameyang: O‘ylaymanki, bu mavsumda "Bavariya" chempion bo‘lmaydi

Dortmundning "Borussiya" jamoasi hujumchisi Per-Emerik Obameyang bundesligadagi chempionlik poygasi haqidagi fikrlarini bildirdi.

"Albatta, "Bavariya" hamishagidek favorit hisoblanadi. Ammo biz ularga kattagina muammo paydo qildik. Biz mavsumni a'lo darajada boshladik va bundan o‘zimizning ham ruhimiz ko‘tarildi.

Menimcha, "Bavariya" bu mavsumda chempion bo‘la olmaydi", deydi futbolchi.

Ma'lumot uchun, ushbu 26 yoshli gabonlik futbolchi joriy mavsumda o‘tkazilgan 5ta o‘yinda maydonga tushib, 6ta gol urishga ulgurdi. Uning jamoasi esa 5ta o‘yindan 15 ochko jamg‘argan holda turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda. "Bavariya"da ham shuncha ochko mavjud, lekin to‘plar nisbatiga ko‘ra myunxenliklar ikkinchi o‘rinda joylashgan.

Top