16:15 / 22.09.2015
2840

Peskov: Rossiya va Isroil Suriya bo‘yicha axborot almashishni yo‘lga qo‘ydi

Rossiya va Isroil Suriyadagi vaziyat bo‘yicha axborot almashib borish ishini yo‘lga qo‘ymoqda. Bu haqda Rossiya prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov jurnalistlar bilan muloqot chog‘ida aytib o‘tdi.

“Suriyadagi vaziyat ko‘p jihatdan keskin bo‘lib qolayotgani va yomonlashib borish ehtimoli yuqoriligi tufayli Rossiya va Isroil o‘zlarining hamkorlik munosabatlaridan kelib chiqqan holda bu sohada axborot almashish kanalini yaratishga qaror qilishdi. Bu haqda kecha kelishib olindi”, - uning so‘zlarini keltiradi TASS agentligi.

Top