06:20 / 22.09.2015
2949

Poroshenko: Ukraina NATOga kirishga tayyor emas

Ukraina NATOga kirish uchun tayyorgarlik ko‘rishi kerak, ayni paytda mamlakat alyansning a'zosi bo‘la olmaydi, deb aytdi Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko. Bu haqda TASS axborot agentligi ma'lum qilmoqda.

“Ukrainada o‘tkazilayotgan islohotlarning 99 foizi NATO talablariga mos keladi. Ukraina alyansga hozir a'zo bo‘la oladimi? Javobim – yo‘q. Biz bunga tayyorlanishimiz kerak. NATO Ukraina uning a'zosi bo‘lishiga tayyormi? Yo‘q. Mening davlatimni bunga tayyorlash kerak”, deb aytdi Poroshenko NATO bosh kotibi Yyens Stoltenberg bilan matbuot-anjumani davomida.

Stoltenbergning ta'kidlashicha, ayni paytda NATO Ukraina bilan uni alyansga kirishga tayyorlagan holda uning qurolli kuchlarini isloh qilish bilan shug‘ullanmoqda. Stoltenbergning aytishicha, bu islohotlar yakunlangandan keyin hukumatlar Ukrainaning NATOga ariza topshirishi haqida qaror qabul qilishadi.

Top