13:39 / 22.09.2015
2347

Qozog‘iston chegarachilari Qirg‘iziston fuqarosidan 210 ming marta iste'mol qilishga yetadigan geroinni topishdi

Qozog‘iston chegarachilari ikki nafar Qirg‘iziston fuqarosi ketayotgan avtomobilni ko‘zdan kechirganda, unga qariyb 22 kilogramm miqdoridagi geroin giyohvandlik moddasi yashirib qo‘yilganini aniqlashdi. Bu haqda seshanba, 22 sentabr kuni Qozog‘iston Chegara xizmati press-relizida ma'lum qilindi.

Yirik miqdordagi narkotik moddani olib kirishga bo‘lgan urinish Qozog‘iston janubidagi Jambil viloyatida 21 sentabr kuni fosh etilgan. “Korday avto” chegara nazorat o‘tkazish punktida chegara qismi xizmat iti bilan GAZ-3110 avtomobilida Qozog‘istonga yo‘l olgan ikki Qirg‘iziston fuqarosini qo‘lga olgan.

“Avtomobil ko‘zdan kechirilganda, orqa qanotlar ostida 45ta o‘ramdagi 21,9 kilogrammlik geroin mavjudligi aniqlandi”, - deyiladi xabarda.

Top