19:24 / 22.09.2015
3935

Qozog‘istonlik erkak 12 yil qornida tibbiy qisqichni ko‘tarib yurgani aniqlandi

Qozog‘istonning Qarag‘anda viloyatida 12 yil muqaddam 73 yoshli Bektur To‘qmag‘ambetovning ichida 20 sm li qisqichni unutib qoldirgan tibbiyot xodimlariga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atildi, deb xabar beradi Nur.kz sayti.

Shu bilan birga, ish yuzasidan hali aniq gumondorlar yo‘qligi aytilmoqda. Keksa insonni jarrohlik amaliyotida o‘tkazishda ishtirok etgan shaxslar aniqlanmoqda.
Bu borada tergov ekspertizaning xulosasini kutmoqda.

Top