09:23 / 22.09.2015
2922

Rossiya Xitoyga neft yetkazish bo‘yicha uchinchi o‘rinni Iroqqa bo‘shatib berdi

Shu yilning avgust oyi yakunlariga ko‘ra Iroq Xitoyga neft yetkazib berish hajmlari bo‘yicha uchinchi o‘ringa chiqib oldi. Xitoy bojxona bosh boshqarmasi ma'lumotlarida aytilishicha, Iroq ushbu ko‘rsatkichlar bo‘yicha Rossiyadan o‘zib ketgan.

Birinchi o‘rinda hamon Saudiya Arabistoni qolmoqda (3.91 mln tonna), ikkinchi o‘rinda esa Angola turibdi (3.52 mln tonna).
Rossiyaning yetkazmalari hajmi esa 3.77 mln tonnadan 3.1 mln tonnagacha tushib ketdi.

Top