06:57 / 22.09.2015
3835

Singapurda 140 ming dollarlik atir namoyish qilindi

Ispaniyaning Cuarzo The Circle atir-upalar ishlab chiqaruvchi uyi World of Diamonds korporatsiyasi bilan birga cheklangan miqdordagi Royale Dream atirlarini chiqardi. Atirlar Singapurda “Formula-1” avtopoygasining Gran-prisiga bag‘ishlangan tadbirda namoyish qilindi, deb xabar bermoqda Luxurylaunches nashri.

Atir flakonlari yarimsferalar shaklida ishlangan bo‘lib, ulardan birining ichida oltin pag‘alar bor.

Atirlarni saqlash uchun mo‘ljallangan quticha binafsha rangga bo‘yalgan tuyaqush tuxumidan yasalgan. Quticha ichidan qo‘zichoq terisi bilan qoplangan, tashqarisidan esa naqshlar bilan bezalgan. Quticha palladiy sepilgan taglikda turadi. Atirga qo‘shimcha ravishda noyob havorang brilliantli uzuk taqdim qilinadi. 

Atir 20 sentabrda Boudoir Noire teatrida namoyish qilindi. Atir ommaviy sotuvga chiqarilmaydi, uni kichik auksionda sotib olish taklif etildi. Royale Dream atirining narxi 140 ming dollar atrofida baholanmoqda, biroq nashr uni kimdir sotib olgani haqida ma'lumot bermagan.

Top