15:14 / 22.09.2015
2825

XXR TIV: AQSh fuqarosi bo‘lgan ayol Xitoyda mamlakat xavfsizligiga tahdid solishda ayblanib hibsga olindi

Xitoyda AQSh fuqarosi bo‘lgan ayol XXR milliy xavfsizligiga rahna soluvchi faoliyat bilan shug‘ullanganlikda ayblanib hibsga olingan. Bu haqda XXR TIV rasmiy vakili Xun Ley ma'lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Xitoy milliy xavfsizligiga tahdid soluvchi faoliyat bilan shug‘ullangan amerikalik ayolning ishi ayni paytda tegishli organlar tomonidan ko‘rib chiqilmoqda.

Xun Leyning oydinlik kiritishicha, qo‘lga olinganning salomatligi me'yorida. Shu vaqtgacha Amerika konsulligi u bilan olti marotaba suhbat olib borgan.

“Ayol tergovchilar bilan hamkorlik olib bormoqda”, - dedi diplomat.
Amerika fuqarosining qo‘lga olingani to‘g‘risidagi xabar XXR raisi Si Tszinpin AQShga tashrif buyurgan birinchi kuni tarqaldi.

Top