17:45 / 23.09.2015
2749

"Astana" jamoasi Utkindan o‘zi haqidagi nomaqbul tvitlar uchun uzr so‘rashni talab qildi

Qozog‘istonning «Astana» futbol klubi «NTV plyus» sharhlovchi Vasiliy Utkindan jamoaga nisbatan tvitterdagi aytgan nomaqbul so‘zlari uchun uzr so‘rashni talab qilib chiqdi. Bu haqda bayonot klub rasmiy saytida e'lon qilingan.

Vasiliy Utkin 22 sentabr kuni tvitter sahifasida Qozog‘iston klubi vakillarini yolg‘onchilikda ayblab chiqqan. Ular o‘z va'dasida tura olmaganini iddao qilgandi.

«Astana» klubi bergan xabarda aytilishicha, klub 21 sentabr kuni ular Utkinga 30 sentabr kuni Qozog‘istonga tashrif buyurib, «Galatasaray»ga qarshi Yevropa chempionlar ligasi doirasidagi uchrashuvni sharhlash taklifi bilan chiqmagan, ular Utkin bilan hech qanday muloqot olib borilmaganini ta'kidlab o‘tishgan.

Utkin esa mazkur bayonotga tvitter orqali yana bir marotaba munosabat bildirib o‘tgan.

Top