23:40 / 23.09.2015
3321

Boeing shovqin yordamida elektr energiyasi ishlab chiqarish tizimiga patent oldi

AQShning patent byurosi Boeing kompaniyasiga shovqinni elektr energiyaga aylantira oluvchi tizimga patent berdi.

Patentda ko‘rsatilishicha, tizim bir nechta elementlardan tuzilgan. Samolyotlarning uchish-qo‘nish yo‘laklari bo‘ylab bir-biridan bir xil uzoqlikdagi masofada samolyot dvigatelining tovush tebranishlarini tuta oluvchi akustik yig‘gichlar o‘rnatilishi kerak. Shovqin nasosga o‘xshab pardani tebrantiradigan o‘zgartiruvchi kamera orqali o‘tadi. Kamera pastga harakatlanganda havoni turbinaga itaradi. Turbina reduktor orqali generatorni aylantiradi. Olingan elektr energiya akkumulyatorda yig‘iladi.

Patentda bu usul bilan qanday miqdordagi elektr energiya olinishi ko‘rsatilmagan, unda faqatgina uning miqdori shovqin darajasiga to‘g‘ri proporsional ekanligi, ya'ni shovqin qancha kuchli bo‘lsa, olinayotgan elektr energiyasi shunchalik ko‘proq bo‘lishi aytilmoqda.

Top