09:12 / 23.09.2015
2355

Disney virtual reallikni rivojlantirish loyihasiga 65 mln dollar tikdi

Disney korporatsiyasi 360 darajali video suratga oladigan kameralar ishlab chiqaruvchi Jaunt startapiga 65 mln dollar investitsiya kiritdi, deb xabar beradi CNET.

Jaunt nafaqat kameralar, balki ular uchun dasturiy ta'minot ham yaratadi. Loyiha 2 yil muqaddam ish boshlagan bo‘lib, 100 mln dollar to‘plashga muvaffaq bo‘ldi. Kompaniya o‘z raqobatchilari orasida moliyaviy jihatdan eng barqarori ekanligiga ishonmoqda.

Disney kelajakda filmlar namoyishida yangi texnologiyalarni joriy qilish borasidagi uzoq istiqbolli maqsadlarini amalga oshirish yo‘lida ushbu kompaniyaning o‘sishiga ko‘mak bermoqda. U kompaniya rivojiga yanada ko‘proq investitsiya qaratish niyatini bildirmoqda.

Top