19:37 / 23.09.2015
2033

Futzal: O‘zbekiston ayollar terma jamoasi Osiyo chempionatining guruh bosqichidan chiqa olmadi

Futzal bo‘yicha O‘zbekiston ayollar terma jamoasi Malayziyada o‘tayotgan Osiyo chempionatini guruh bosqichidayoq yakunladi.

Terma jamoa guruhning birinchi uchrashuvida mezbonlarga 4:9 hisobida mag‘lub bo‘lgani to‘g‘risida xabar berilgandi.

O‘zbekistonlik futzalchi qizlar turnirdagi keyingi uchrashuvlarida ham muvaffaqiyatsiz qatnashib, Eronga 1:9 hisobida mag‘lub bo‘lishdi va Gonkongni mag‘lub eta olishmadi - 3:3.

Turnirda 8ta jamoa 2ta guruhga bo‘lingan holda o‘yinlarga kirishgandi. A guruhidan Eron va Malayziya, V guruhidan Yaponiya va Tailand keyingi bosqichga chiqqan.

Top