00:03 / 23.09.2015
2894

Omsk meri qulab tushgan uy qurboni bo‘lgan ayol portlashni amalga oshirgan bo‘lishi mumkinligini aytdi

Omsk meri Vyacheslav Dvorakovskiy Omskda uy qulab tushishi oqibatida qurbon bo‘lgan ayol portlashni amalga oshirgan bo‘lishi mumkinligini aytdi. Bu haqda “Russkaya slujba novostey” agentligi ma'lum qildi.

“Bir odam aybi bilan portlash sodir bo‘ldi. Bularning barchasi albatta dastlabki taxminlardir”, deb aytdi Dvorakovskiy. Portlash sodir bo‘lgan uy gaz bilan to‘la bo‘lgan.
Gaz portlashi oqibatida ikki qavatli uyning qulab tushishi holati bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atildi. Noxush voqea oqibatida bir ayol halok bo‘lgan, 4 kishi jabrlangan.

Top