16:55 / 23.09.2015
5835

Putin: IShID mafkurasi yolg‘onga va islomni buzib ko‘rsatishga qurilgan

IShID guruhi terrorchilari islomni buzib ko‘rsatib, o‘z mafkuralarini yolg‘on ustiga qurmoqda, deb hisoblaydi Rossiya prezidenti Vladimir Putin. Bu haqda RIA Novosti agentligi xabar bermoqda.

Bu so‘zlarni Putin Moskva jome masjidining ochilishida qilgan chiqishida aytib o‘tdi.
“Siyosiy maqsadlarda diniy tuyg‘ularni o‘yin qilishga yo‘naltirilgan g‘arazli harakatlar amalga oshirilmoqda. Yaqin Sharqda nimalar bo‘layotganinin ko‘rib turibmiz, o‘zini “Islom davlati” deb nomlab olgan terrorchilar guruhi, buyuk xalqaro dinning nomini bulg‘ab, yovuzlik sochmoqdalar, odamlarni, shu jumladan, ruhoniylarni o‘ldirmoqdalar, jahon madaniyati yodgorliklarini vahshiylarcha yo‘q qilmoqda. Ularning mafkurasi yolg‘onga va islomni buzib ko‘rsatishga qurilgan”, - ta'kidladi Putin.

Top