11:40 / 23.09.2015
2464

Rim papasining xavfsizligini Nyu-Yorkda 45 ming politsiyachi ta'minlaydi

Rim papasi Frantsisk 24-25 sentabr kunlari Nyu-Yorkda BMT rivojlanish masalalari sammitida chiqish qiladi. Uning xavfsizligini ta'minlashga 45 ming politsiyachi jalb qilindi.

AQSh maxfiy xizmati sobiq xodimi Deyv Uilkinsonning CNN telekanaliga ma'lum qilishicha, 10 oy mobaynida uning tashrifiga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida barcha tahdidlar birma-bir ko‘rib chiqilgan.
“Ishtirokchilar o‘rtasidagi doimiy aloqa xavfsizlikni ta'minlashning asosiy shartidir”, - qo‘shimcha qildi sobiq agent.

Top