21:04 / 23.09.2015
13755

Shakti Arora Toshkentga kelmaydi

Biroz oldinroq, xonanda Bahriddin Zuhriddinov joriy yilning 1-2 noyabr sanalarida "Jo‘shqin qalbim sadosi" nomli ilk yakkaxon konsert dasturini muxlislar e'tiboriga havola etishi va bu konsertga syurpriz sifatida "Ranvir" roli orqali o‘zbekistonlik muxlislarga yaxshi tanish bo‘lgan Shakti Arora taklif etilgani to‘g‘risida xabar berilgandi.
Bahriddin Zuhriddinovning vakili bugun sayt tahririyatiga bu reja bekor qilingani haqida ma'lum qildi.
Aniqlik kiritish uchun xonandaning o‘zi bilan bog‘langanimizda esa, u bu holat boshqalarning aralashuvi tufayli yuzaga kelgani, o‘zi uchun ham, janob Arora uchun ham bu kutilmagan o‘zgarish bo‘lganini ta'kidladi. U uchinchi tomonga aniqlik kiritmadi.
Qayd etish lozimki, shu kunlarda hindistonlik kinoijodkorlar tomonidan ishlangan "Senga oshiqman" seriali jamoatchilik tomonidan keng muhokama qilinmoqda. OAV va internetda bu serialning milliy mentalitetga to‘g‘ri kelish-kelmasligi bo‘yicha munozaralar davom etmoqda.

Top