18:53 / 23.09.2015
2625

Tim Kuk hayotini Apple Watch soati asrab qolgan yigitni malaka oshirishga taklif qildi

Apple kompaniyasi rahbari Tim Kuk Apple Watch soatidagi yurak urishini aniqlovchi datchik yordami bilan hayoti saqlab qolingan amerika futboli jamoasining 17 yoshli o‘yinchisini malaka oshirishga taklif qildi. Bu haqda MacRumors xabar bermoqda.

20 sentabr kuni AQShning Boston shahri yaqinidagi shaharchada yashovchi 17 yoshli kichik Pol Xyul maktab o‘quvchisi o‘zini futbol o‘yinidan so‘ng yomon his eta boshlagan. WCVB telekanalining xabar berishicha, o‘quvchi dastlab buni issiq ob-havo natijasidan deb bilgan. So‘ngra yurak urishini Apple Watch soati orqali tekshirgan. Yuragi daqiqasiga 145 marta urganini ko‘rgach, shifokorlarga murojaat qilgan.

Shifoxonada esa unga rabdomioliz (yurak mushaklarining shikastlanishi) hamda yurak urishi, jigar va buyrak faoliyati buzilishi tashxisi qo‘yildi.

Shifokorlar Xyulga futbol bilan shug‘ullanishni taqiqlagan bo‘lsa ham, o‘quvchini kelgusi yilning yozida Apple bosh idorasiga malaka oshirishga taklif qilindi.

Top