17:50 / 24.09.2015
3287

AQShda musulmon ota-onalar Qurbon hayiti kuni maktabni yopishni talab qilishdi

AQShning Nyu-Jyersi shtatidagi Jyersi-Siti shahrida bir guruh musulmon ota-onalar maktab yig‘ilishida rahbariyatdan 24 sentabr kuni nishonlanuvchi Qurbon hayiti kuni maktabni yopishni talab qilib chiqishdi. Ma'muriyat ularning talabini qisman qondirdi. Bu haqda The Daily Mail xabar berdi.
Nashrning qayd etishicha, to‘rt soat davom etgan yig‘ilish baland pardalarda kechdi. Hijob kiyib olgan onalardan biri maktab kengashiga: “Biz (musulmonlar) endi ozchilik emasmiz. Biz tez orada ko‘pchilik bo‘lamiz”, - degan.
Maktab rahbariyati 24 sentabr kuni barcha uchun dam olish kuni bo‘lmasligi, biroq islom diniga amal qiluvchi o‘quvchilar mashg‘ulotlarda qatnashmasligi mumkinligi to‘g‘risida qaror chiqardi.
Yig‘ilishda qatnashgan yaxudiy ota-onalar esa musulmonlarning talabini tahqirlovchi deb atashdi, ularning fikricha, yaxudiylarning Rosh Xa-Shan yoki Yom-Kippur bayramlarida hech kim maktabni yopmagan.
The Daily Mail nashrining qayd etishicha, shu singari talab Nyu-York shahrida to‘liq qondirilgan. Shahar meri Bill de Blazio 24 sentabr kuni Qurbon hayiti bayrami munosabati bilan shahardagi barcha maktablarga dam olish deb e'lon qildi.

Top