17:04 / 24.09.2015
9882

Din ishlari bo‘yicha qo‘mita: Mino vodiysida o‘zbekistonlik hojilar hech qanday talofat ko‘rmadi

24 sentabr kuni Saudiya Arabistonining Makka shahri yaqinidagi Mino vodiysida yuzaga kelgan tiqilinchda halok bo‘lganlar soni 450 nafardan oshdi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlar bo‘yicha qo‘mitaning xabar berishicha, ular orasida o‘zbekistonliklar yo‘q.
Xabarda keltirilishicha, Saudiya Arabistonida o‘zbekistonlik hojilarga xizmat ko‘rsatuvchi ishchi guruhimizdan olingan tezkor xabarlarga ko‘ra, bugun hojilar Mino vodiysida joylashgan Jamarot - Shaytonga tosh otadigan joyga olib boruvchi va undan qaytiladigan yo‘lda, hojilarning tirbandligi natijasida odamlar bir birlarini behos siqib tashlash holati vujudga keldi.
Natijada, Saudiya Arabistoni fuqaro muhofazasi xabarlariga ko‘ra, 450 ziyod hojilar hayotdan ko‘z yumdilar, shuningdek, 450 dan ziyodi esa jarohatlandi. Vujudga kelgan holat yuz bergan paytda o‘zbekistonlik hojilar Muzdalifa vodiysidan Minoga qaytayotgan edilar. O‘zbekistonlik hojilar hech qanday talofat ko‘rmadilar, barchalari sog‘u salomat, ibodatlarini davom etmoqdalar.

Top