08:46 / 24.09.2015
1957

YeI qochqinlar masalasini hal qilish uchun Turkiyaga 1 mlrd, Makedoniyaga 700 mln yevro ajratadi

Yevropa Ittifoqi sammiti qochqinlar masalasini hal qilish uchun Turkiyaga 1 mlrd, Makedoniyaga 700 mln yevro ajratadi. Bu haqda Yevrokomissiya raisi Jan-Klod Yunker sammit yakunlariga ko‘ra xabar qildi.

“Biz Turkiyaga 1 mlrd, Makedoniyaga 700 mln dollar ajratish qarorini tasdiqladik. Shuningdek, 2016 yilda YeI davlatlariga 100 mln, “Fronteks” va Yevropolga 600 mln, Xalqaro oziq-ovqat dasturiga 200 mln, to‘g‘ridan-to‘g‘ri gumanitar yordam ko‘rsatishga esa 300 mln yevro ajratishga qaror qildik”, - dedi u jurnalistlar bilan muloqot chog‘ida.

Shuningdek, u migratsion inqirozning kuchayib borishi munosabati bilan o‘z xavotirini bildirdi.

Top