15:24 / 24.09.2015
4195

Jizzaxlik o‘qituvchi 23 yildan buyon soxta diplom bilan ishlab kelgani aniqlandi

Jizzaxlik o‘qituvchi 23 yildan buyon soxta diplom bilan ishlab kelgani aniqlandi. Bu haqda “Huquq” gazetasi yozmoqda.
Aytilishicha, Baxtiyor Sultonov ismli shaxs muqaddam sudlanib, sud jarayonida noqonuniy faoliyat yuritib kelgan bir guruh shaxslar bilan tanishgan. Ular yordamida 1987-1992 yillarda oliy ma'lumot olgani to‘g‘risidagi soxta diplomga ega bo‘lgan. 2001-2015 yillarda u tumanning 9-sonli umumta'lim maktabida ona tili va adabiyoti fanidan dars berib kelgan. Ammo shu yilning fevral oyida uning diplomi soxta ekanligi tekshiruvlar chog‘ida aniqlangan.
Sultonov 2 yilga axloq tuzatish ishlariga hukm qilindi.

Top